Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
Gallery image 270405
Gallery image 270406
Gallery image 270407
Gallery image 270408
Gallery image 270409
Gallery image 270410
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
19 Okt 2026
18:04

Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida

Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida

Bugun Taxiatosh tumani Xalq qabulxonasida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbaevich fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

💬 Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, fikr va takliflari tinglandi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr tarmoqlarini yangilash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

📌 Qabul yakunida murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli soha mas’ullariga vazifalar belgilandi.

🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topilishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim qismidir.