Barcha yangiliklar
#InsonQadri  #IjtimoiyHimoya  #Bandlik
Gallery image 270336
Gallery image 270337
Gallery image 270338
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
23 Sen 2026
17:36

#InsonQadri #IjtimoiyHimoya #Bandlik

"Tinchlik" mahallasida ijtimoiy reestrda turuvchi va kambagʻallik roʻyxatiga kiritilgan oilalar holati hudud deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor mahallada kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini shakllantirish hamda turmush sharoitini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlarga qaratildi.

Oʻrganish doirasida:
Mahallada kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar tahlil qilindi;
Har bir oilaga koʻrsatilayotgan yordam va yaratilayotgan imkoniyatlar samaradorligi baholandi;
Berilgan koʻmak va manzilli yordamlar xolisligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida elektron baza maʼlumotlari toʻliq nazoratdan oʻtkazildi.

Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy reestr doirasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati doimiy nazoratda boʻladi.