Barcha yangiliklar
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
Gallery image 270321
Gallery image 270322
Gallery image 270323
Gallery image 270324
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
19 Okt 2026
17:33

SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI

 SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 25-«Eski shahar» saylov okrugi deputati Mahmud Hamroqulov tomonidan «Eski shahar» mahallasida saylovchilar bilan sayyor qabul tashkil etildi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning III choragi mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi. Jumladan, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, deputatlik faoliyati yuzasidan hisobdorlikni ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!