Barcha yangiliklar
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #ko'chama-ko'cha #murojaat_daftari  Muammolar joyida o‘rganilmoqda: “Bo‘ston” mahallasidagi Qirqiz ko‘chasini asfaltlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi
Gallery image 270253
Gallery image 270254
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
19 Okt 2026
17:23

#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #ko'chama-ko'cha #murojaat_daftari Muammolar joyida o‘rganilmoqda: “Bo‘ston” mahallasidagi Qirqiz ko‘chasini asfaltlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi

Aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga yechim topish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova “Bo‘ston” mahallasi Qirqiz ko‘chasida ichki yo‘llarning holati hamda ularni asfaltlash masalasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chada yo‘l qoplamasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasiga e’tibor qaratildi. Mazkur masala aholi murojaatlari va hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan vazifalar doirasida deputatlik nazoratiga olindi.