Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
19 Okt 2026
17:04
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Asavay mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Shovot tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Jumaniyozova Saida Nuraddinovnaning 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotini eshitishga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi.
🤝 O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud masalalarni hal etish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.