Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
19 Okt 2026
17:00
🏫 MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
28-son DMTT faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari
M. Yaxshimurotova hamda
F. Yusupovalar 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash hamda muassasaning mavjud imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Deputatlar maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun munosib sharoitlar yaratish va aniqlangan masalalarni hal etish muhimligini ta’kidladilar.