Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
19 Okt 2026
17:00
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI XONADONBAY O‘RGANILDI
Manzilli o‘rganish — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Yo‘ldashova Mevazor mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda mahalladagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoitini ko‘chama-ko‘cha, xonadonbay o‘rgandilar.
🔹 O‘rganish davomida:
Oilalarning ijtimoiy va moddiy ahvoli bilan tanishildi;
Yashash sharoiti hamda mavjud muammolar o‘rganildi;
Aholining ehtiyoj va murojaatlari tinglandi;
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.