Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 270158
Gallery image 270159
Gallery image 270160
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
19 Okt 2026
15:55

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Madad_NNT_hamkorlik
📌 FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S.Ochilov ishtirokida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida Sherobod tumani FHDYO bo‘limiga tashrif amalga oshirildi.

🔎 Tashrif davomida FHDYO bo‘limining faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va qulayligi, murojaatlar bilan ishlash holati hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

📋 Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar tahlil qilinib, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube