Barcha yangiliklar
18-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Gallery image 270100
Gallery image 270101
Gallery image 270102
Gallery image 270103
Gallery image 270104
Gallery image 270105
Gallery image 270106
Gallery image 270107
Gallery image 270108
Gallery image 270109
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
19 Okt 2026
15:41

18-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI

18-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Navoiy shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, inklyuziv sinflar faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida inklyuziv ta’lim tashkil etilgan sinflardagi mavjud sharoitlar, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ularning ta’lim jarayonida teng ishtirok etishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Inklyuziv ta’lim har bir bolaning individual imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi, tengdoshlari bilan birgalikda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, maktabda o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan sanitariya-gigiyena sharoitlari, jumladan, bolalar foydalanadigan hojatxonalar holati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad — ta’lim muassasasida barcha bolalar uchun qulay, xavfsiz va teng imkoniyatlarga asoslangan ta’lim muhitini shakllantirishga qaratilgan masalalarni aniqlash hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.