Barcha yangiliklar
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI
Gallery image 270087
Gallery image 270088
Gallery image 270089
Gallery image 270090
Gallery image 270091
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
19 Okt 2026
15:35

DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI

DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Urakov O‘rta Xonobod va Yuqori Xonobod mahallalarida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, hisobot davrida deputat tomonidan fuqarolardan jami 15 ta murojaat qabul qilingan. Shundan 13 tasi mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilgan, qolgan 2 ta murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilgan. Uchrashuv davomida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, saylovchilar bilan ochiq muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.