Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 270064
Gallery image 270065
Gallery image 270066
Gallery image 270067
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
19 Okt 2026
15:30

DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati B. Dadaboyev 71-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati doirasida ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish ishlari davom ettiriladi.