Barcha yangiliklar
ICHKI KO‘CHALARDA ANIQLANGAN MUAMMO DEPUTAT NAZORATI OSTIDA BARTARAF ETILDI
Gallery image 269829
Gallery image 269830
Gallery image 269831
Gallery image 269832
Gallery image 269833
Gallery image 269834
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
19 Okt 2026
12:27

ICHKI KO‘CHALARDA ANIQLANGAN MUAMMO DEPUTAT NAZORATI OSTIDA BARTARAF ETILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududidagi ichki ko‘chalarning sanitariya holati va obodonlashtirish ishlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

O‘rganish davomida kesilgan daraxt shoxlari va shox-shabbalar uzoq vaqt davomida olib chiqib ketilmagani, natijada hududda tozalik va obodonlashtirish borasida muammo yuzaga kelgani aniqlangan edi.
https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/3337?single

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilot va xodimlarga tegishli topshiriqlar berilib, muammoni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Deputat nazorati ostida uzoq vaqtdan buyon olib chiqib ketilmay turgan daraxt shoxlari va shox-shabbalar belgilangan tartibda olib chiqib ketildi hamda hudud to‘liq tozalandi. Natijada ichki ko‘chada sanitariya holatini yaxshilash va hududning obodligini ta’minlashga erishildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish hamda obodonlashtirish ishlarining sifatli tashkil etilishi ustidan nazorat olib borilmoqda.