Barcha yangiliklar
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 269818
Gallery image 269819
Gallery image 269820
Gallery image 269821
Gallery image 269822
Gallery image 269823
Gallery image 269824
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
19 Okt 2026
11:56

Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari Baxtiyor Nasrullayev, Mirziyo Qahramonov hamda Aziza Bahodirovalar ham ishtirok etdi.

📝 Mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan aholi salomatligini asrash, kasalliklarni oldini olish va profilaktika qilishning haqiqiy holati, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Isabekov Botirbek Abdullaevich yig‘ilish qatnashchilariga hisobot berdi. Ushbu masala deputatlar tomonidan tinglanib, atroflicha muhokama qilindi.

🔍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash