Barcha yangiliklar
“DIYOR” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 269797
Gallery image 269798
Gallery image 269799
Gallery image 269800
Gallery image 269801
Gallery image 269802
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
19 Okt 2026
11:38

“DIYOR” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI

“DIYOR” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev tomonidan “Diyor” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda aholi muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ish yuritish hujjatlari va belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining 4-yo‘nalishi — hokim yordamchilari faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish, shuningdek, 23-yo‘nalishi — aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar bilan hamohangdir.

Qonunlar taqsimotiga muvofiq, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini o‘rganish hamda ularning amaldagi ijrosiga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.

O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bandligi va daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashishdan iborat.