Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 269762
Gallery image 269763
Gallery image 269764
Gallery image 269765
Gallery image 269766
Gallery image 269767
Gallery image 269768
Gallery image 269769
Gallery image 269770
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
19 Okt 2026
11:26

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi ekspert-maslahat guruhi va yoshlar maslahat guruhi vakillari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibidan Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotni eshitish masalasi o‘rin oldi. Mazkur masala yuzasidan shahar prokurori yordamchisi A.Alisherovning axboroti tinglandi.

Muhokama davomida prokuratura organlari faoliyatining natijadorligi, qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash tegishli tashkilotlar oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.

Doimiy komissiya yig‘ilishlari esa ushbu yo‘nalishdagi ishlarni muhokama qilish, mas’ul idoralar faoliyatiga doir masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud muammolar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.