Barcha yangiliklar
🔰Murojaat va natija.
Gallery image 269674
Gallery image 269675
Gallery image 269676
Gallery image 269677
Gallery image 269678
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
19 Okt 2026
09:59

🔰Murojaat va natija.

📌Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil islohotlarning bosh mezoni — inson qadrini ulug‘lash va aholini rozi qilishdan iboratdir. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov tomonidan shahar aholisining eng dolzarb muammolarini tizimli o‘rganish va bartaraf etish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Qabul davomida fuqarolar tomonidan 30 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🔹Murojaatlarning salmoqli qismi qabulning o‘zidayoq mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muddat va moliyaviy resurs talab qiladigan murakkab masalalar ijrosi yuzasidan shahar hokimining shaxsiy nazorati ostida aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook