Barcha yangiliklar
📌 Fuqaro murojaati o‘rganildi
Gallery image 269627
Gallery image 269628
Gallery image 269629
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
19 Okt 2026
09:22

📌 Fuqaro murojaati o‘rganildi

📌 Fuqaro murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan tumandagi 67-umumta’lim maktabi stadionining holati yuzasidan kelib tushgan fuqaro murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab stadionining mavjud holati, sport maydonchasidan foydalanish imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, stadion holatini yaxshilash, o‘quvchilar va yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanishga qulay sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!