Barcha yangiliklar
Aholi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Gallery image 269530
Gallery image 269531
Gallery image 269532
Gallery image 269533
Gallery image 269534
Gallery image 269535
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
17 Okt 2026
18:15

Aholi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Fuqarolardan kelib tushgan suv nasosi faoliyati bilan bog‘liq murojaat yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov, Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar hamda mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi oqova suv tizimining holati, suv nasosining ishlash faoliyati hamda aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan muammolar ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, suv nasosi faoliyati bilan bog‘liq vaziyatni tartibga solish hamda kelgusida suv toshqini yuzaga kelishining oldini olish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yordan ortiq suvni qaytarish uchun qo‘shimcha qaytarish quvuri (obratka quvuri) o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay holatlarning oldini olish va mavjud vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan.