Barcha yangiliklar
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Gallery image 269503
Gallery image 269504
Gallery image 269505
Gallery image 269506
Gallery image 269507
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
16 Okt 2026
18:08

Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan saylangan 13-Qoroman saylov okrugi deputati-Kengash raisi A.Yuldashev tomonidan navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda hokim o'rinbosari, tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy himoya masalalari, davolanish uchun amaliy yordam ko‘rsatish, aholini bandlik bilan ta’minlash, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar hamda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan taklif va so‘rovlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.