Barcha yangiliklar
#_24_Masala
Gallery image 269475
Gallery image 269476
Gallery image 269477
Gallery image 269478
Gallery image 269479
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
15 Okt 2026
18:02

#_24_Masala

Aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash har bir deputatning e’tibor markazida.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari U. Abduraxmanov va M. Kazakov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi M. Sa’dullayev, mahalla raisi Sh.Sultonov hamda Kengash kotibiyati xodimi B. Allabergenov birgalikda 7-Arnabo‘yi saylov okrugida joylashgan “Arnabo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, rejali deputatlik nazoratini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5246-sonli qaroriga asosan Xalqaro OPEK Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Xususan, bugungi kunda “Arnabo‘yi” mahallasining Sharq ko‘chasida yo‘llarni tekislash va asfaltsheben qoplamasini yotqizishga tayyorlash ishlari jadal olib borilmoqda.
Deputatlar tomonidan qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda va loyiha talablariga mos holda bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda jarayon doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.