Barcha yangiliklar
Hududdagi madaniyat, maʼrifat va meros maskanlari deputat nazoratida
Gallery image 269466
Gallery image 269467
Gallery image 269468
Gallery image 269469
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
15 Okt 2026
18:00

Hududdagi madaniyat, maʼrifat va meros maskanlari deputat nazoratida

Oʻzbekiston Adolat SDPdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Mansur Urazbayev oʻz deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari doirasida tumandagi madaniyat va maʼrifat maskanlarida oʻrganish hamda deputatlik nazoratini oʻtkazdi.

Oʻrganish jarayonida eʼtibor qaratilgan asosiy yoʻnalishlar:
🎭 Madaniyat muassasalari: Madaniyat markazlari va toʻgaraklar faoliyati, ularning moddiy-texnik bazasi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar.
📜 Muzeylar: Tarixiy-madaniy merosimizni saqlash, eksponatlar holati va tashrif buyuruvchilarga koʻrsatilayotgan xizmat darajasi.
📚 Kutubxonalar: Kitob fondining boyitilishi, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda yoshlarni mutolaaga jalb qilish borasidagi ishlar.

“Aholi, ayniqsa, yoshlarning maʼnaviy hordiq chiqarishi va maʼrifatli boʻlishida madaniyat markazlari, muzeylar hamda kutubxonalarning oʻrni beqiyos. Bu maskanlardagi mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va faoliyat samadorligini oshirish doimiy deputatlik nazoratida boʻladi.”
— Mansur Urazbayev, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati