Barcha yangiliklar
Deputat va Xalq qabulxonasi: Aholi murojaatlari bilan ishlashda hamkorlik kuchaytiriladi
Gallery image 269458
Gallery image 269459
Gallery image 269460
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
15 Okt 2026
17:58

Deputat va Xalq qabulxonasi: Aholi murojaatlari bilan ishlashda hamkorlik kuchaytiriladi

📌 O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M. Kazakov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari deputatga biriktirilgan tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida bo‘lishdi.

Muloqot davomida Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi S. Avezov bilan uchrashilib, qabulxona faoliyati, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va ularni hal etish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

🤝 Uchrashuvning asosiy maqsadi:
Aholi murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish;
Deputatlik nazorati va Xalq qabulxonasi imkoniyatlarini birlashtirish;
Hududiy muammolarni bartaraf etishda birgalikda tizimli ishlarni amalga oshirish.

Muloqot yakunida kelgusida hamkorlikda bajariladigan muhim vazifalar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.