Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI: YANGI KO‘PRIK QURILISHI O‘RGANILDI
Gallery image 269432
Gallery image 269433
Gallery image 269434
Gallery image 269435
Gallery image 269436
Gallery image 269437
Gallery image 269438
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
14 Okt 2026
17:52

DEPUTATLIK NAZORATI: YANGI KO‘PRIK QURILISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Y.Axmedov va M.Kazakov hamda Kengash kotibiyati xodimi B.Allabergenovlar 21-Choyko‘l saylov okrugi hududida joylashgan “Choyko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

Deputatlar respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘lida yangidan barpo etilayotgan ko‘prik qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishib, deputatlik nazoratini amalga oshirdilar.

Safar davomida:
🔹 Qurilish ishlarining borishi, sifat darajasi va belgilangan me’yorlarga mosligi o‘rganildi;
🔹 Quruvchilar hamda mutaxassislar bilan suhbatlashilib, ularning taklif va ehtiyojlari tinglandi;
🔹 Inshootni o‘z vaqtida va sifatli topshirish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Ushbu ko‘prikning foydalanishga topshirilishi hudud aholisi uchun qulay transport qatnovini ta'minlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.