Barcha yangiliklar
#_24_Masala
Gallery image 269417
Gallery image 269418
Gallery image 269419
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
14 Okt 2026
17:48

#_24_Masala

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Y.Axmedov va M.Kazakov hamda Kengash kotibiyati xodimi B.Allabergenovlar 21-Choyko‘l saylov okrugida joylashgan “Choyko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

O‘rganishlar davomida deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan “Mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligi, xususan, mahalla profilaktika inspektorining ish jarayoni atroficha tahlil qilindi.

Asosiy e’tibor qaratilgan masalalar:
🔹 Hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda unga qarshi kurashish holati;
🔹 “Qizil” va “sariq” hududlar toifasiga kiruvchi joylarda jinoyatchilikni tubdan bartaraf etish va vaziyatni o‘nglash bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar;
🔹 Mahalla drayverlaridan samarali foydalanish va aholi xavfsizligini ta'minlashda yettilik vakillarining hamkorligi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.