Barcha yangiliklar
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 269345
Gallery image 269346
Gallery image 269347
Gallery image 269348
Gallery image 269349
Gallery image 269350
Gallery image 269351
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
16 Okt 2026
00:00

🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati M. Ochilov hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Qovchin mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarining sozligi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, binolarning texnik holati hamda sovuq kunlarda muassasalarning barqaror faoliyat yuritishi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
➡️Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.
➡️O‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt