Barcha yangiliklar



SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
17 Okt 2026
09:18
🏢 Oybek mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashiga 3-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Z.G‘oziyeva tomonidan Oybek mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda mahalladagi muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📌 Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.