Barcha yangiliklar
🔰Deputat aralashuvi bilan kadastr muammosi nazoratga olindi.
Gallery image 269144
Gallery image 269145
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
17 Okt 2026
08:05

🔰Deputat aralashuvi bilan kadastr muammosi nazoratga olindi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati O.Bakirov aholi murojaatlari bilan ishlash doirasida fuqarolar muammolarini joyida o‘rganmoqda.

🔸Deputat tomonidan “Bunyodkor” MFY, “Bog‘donlik” ko‘chasi, 6-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Jaynarovning murojaati tinglandi. Fuqaro o‘z murojaatida xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida yuzaga kelayotgan muammolarni bayon etib, amaliy yordam so‘radi.

🔸Mazkur kadastr masalasini qisqa muddatlarda qonuniy hal etish bo‘yicha shahar Davlat kadastrlari palatasi va tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Muammoning ijrosi to‘liq ta‘minlangunga qadar deputat nazoratida bo‘ladi.