Barcha yangiliklar
📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova tomonidan 18-Qahramon vakant deputatlik saylov okrugi hududidagi Pichoqchi mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati bilan tanishildi.
Gallery image 269129
Gallery image 269130
Gallery image 269131
SAMANDAROVA NOILA BOXODIROVNA
28 Iyul 2026
22:26

📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova tomonidan 18-Qahramon vakant deputatlik saylov okrugi hududidagi Pichoqchi mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati bilan tanishildi.

📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova tomonidan 18-Qahramon vakant deputatlik saylov okrugi hududidagi Pichoqchi mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati bilan tanishildi.

👥 Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-son Qonuni hamda 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–641-son Qonuni ijrosi doirasida mahallada ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

🏡 Shuningdek, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yaratilgan sharoitlar va xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish yakunida mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.