Barcha yangiliklar
⚖️ Sessiya kun tartibidagi hujjatlar yuzasidan yuridik uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 269122
Gallery image 269123
SAMANDAROVA NOILA BOXODIROVNA
23 Iyul 2026
22:05

⚖️ Sessiya kun tartibidagi hujjatlar yuzasidan yuridik uchrashuv o‘tkazildi

⚖️ Sessiya kun tartibidagi hujjatlar yuzasidan yuridik uchrashuv o‘tkazildi

📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi binosida Kengash kotibiyati mudiri Dildora Adilova hamda "MADAD" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Farrux Saxaddinov ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan hujjatlar yuzasidan yuridik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📑 Uchrashuv davomida sessiyaga taqdim etiladigan qaror loyihalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ularning huquqiy asoslari, rasmiylashtirish tartibi hamda yuridik ekspertiza masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, hujjatlarni yanada takomillashtirish, ularning qonunchilikka muvofiqligini ta'minlash va sessiyaga sifatli tayyorlash yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bunday yuridik uchrashuvlar Kengash faoliyatida qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi va sifatini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.