Barcha yangiliklar
Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashaylik
Gallery image 269101
Gallery image 269102
Gallery image 269103
Gallery image 269104
Gallery image 269105
Gallery image 269106
SAMANDAROVA NOILA BOXODIROVNA
16 Iyul 2026
21:45

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashaylik

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashaylik

Bugun Oqdaryo mahallasida "Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish”, "Milliy libos maʼnaviyat koʻzgusi", “Radikallashuv, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishning oldini olish, noqonuniy hujralarda diniy taʼlim olish va uning salbiy oqibatlari haqida”, “Kiyinish madaniyati”, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, oilaviy ajrimlar, erta turmush va tugʻruqni oldini olish haqida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbiri, davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Oqdaryo MFY raisi N.Boliyev, xotin-qizlar faoli D.Abdumoʻminova, Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakili A.Nasimov, Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Hakimova, tuman "Oqila ayollar harakati" rahbari N.Nurmatova hamda mahalla otinoyisi va oqila ayollari ishtirok etib, mavzular yuzasida fikr-mulohazalar almashishdi.