Barcha yangiliklar
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 269075
Gallery image 269076
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
16 Okt 2026
20:14

YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Raxmonov, “MADAT” NNT tuman vakili S. Meliboyev hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari M. Omonov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlar orasida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularning yechimlariga doir takliflar ishlab chiqish, shuningdek, ushbu takliflarni Kengashning tegishli doimiy komissiyalarida ko‘rib chiqishda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda “MADAT” NNT bilan hamkorlik memorandumida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan kelgusidagi rejalar belgilab olindi.