Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi
Gallery image 269006
Gallery image 269007
Gallery image 269008
Gallery image 269009
Gallery image 269010
Gallery image 269011
Gallery image 269012
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
16 Okt 2026
18:27

Fuqaro murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Toshkentlik go‘zari ko‘chasidagi 47-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro L.Mashrabova xonadoniga tashrif buyurilib, uning yashash sharoiti, oilaviy holati va mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Muloqot davomida fuqaro uy-joyini ta’mirlashda ko‘maklashish hamda daromad manbaini kengaytirish maqsadida yo‘lga qo‘ygan parrandachilik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan murojaat bildirdi. Xususan, parrandalarni ko‘paytirish va yetishtirish ishlarini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan inkubator moslamasini xarid qilishda yordam berish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur murojaat yuzasidan fuqaroning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, uy-joyni ta’mirlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish imkoniyatlarini tegishli tartibda ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘tarilgan masalalarni hal etishga ko‘maklashish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish hamda murojaat ijrosini deputat tomonidan nazoratga olish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi