Barcha yangiliklar
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
Gallery image 268977
Gallery image 268978
Gallery image 268979
Gallery image 268980
Gallery image 268981
Gallery image 268982
Gallery image 268983
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
16 Okt 2026
18:23

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Toshkentlik go‘zari ko‘chasi, 76-uyida istiqomat qiluvchi ijtimoiy reestrda turuvchi fuqarolar Q.Maxmudova va M.Maqsudxo‘jayevaning holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari hamda oilalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadonni ta’mirlash ishlari uchun 20 mln 165 ming so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ayni paytda ta’mirlash ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mazkur yordam fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash va xonadonni ta’mirlash orqali qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, fuqarolar oilasiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy ko‘mak ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.

Tashrif davomida ijtimoiy yordamning manzilliligi, fuqarolarning ehtiyojlarini o‘rganish va ko‘rsatilayotgan ko‘makning samaradorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi