Barcha yangiliklar
#Deputat_nazarati
Gallery image 268891
Gallery image 268892
Gallery image 268893
Gallery image 268894
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
16 Okt 2026
18:10

#Deputat_nazarati

✅15- saylov okrugi deputati K.Mamurova tomonidan tuman dorixonalarida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi 399-sonli Qonuni talablari ijrosining taʼminlanishi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish olib borildi.

✅O‘rganish davomida dorixonalarda yaroqsiz holga kelgan (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi, ularni saqlash va muomaladan chiqarish tartibiga rioya etilishi holati o‘rganildi.

✅Shuningdek, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ham o‘rganildi.

✅Deputatlik nazorati davomida  amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan mas'ullarga tushuntirishlar olib borildi.