Barcha yangiliklar
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 268792
Gallery image 268793
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
16 Okt 2026
16:56

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi G‘.Murodxo‘jayev boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish shtabida muhokama yig'ilishi o‘tkazildi.

Unda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Asosiy maqsad — aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligini ta’minlashdan iborat.