Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 268686
Gallery image 268687
Gallery image 268688
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
16 Okt 2026
14:15

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Bank kreditlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati E. Babayev viloyat Milliy banki mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkilot xodimlari uchun uchrashuv tashkil etdi.

Uchrashuv davomida xodimlarga bank kreditlari, ularni olish tartibi, mavjud kredit turlari hamda kredit ajratish shartlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, kredit olish jarayonida zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va moliyaviy majburiyatlarga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tavsiyalar berildi.