Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 268677
Gallery image 268678
Gallery image 268679
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
16 Okt 2026
14:11

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati E. Babayev tomonidan Mustaqillik mahallasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning jamiyatdagi mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarga turli salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganishga intilish, kelajakda munosib o‘rin egallash yuzasidan tavsiyalar berildi.