Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 268675
Gallery image 268676
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
16 Okt 2026
14:10

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Ajrim yoqasidagi oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati D. Egamqulova, imom-xatib hamda mahalla faol nuroniylari ishtirokida ajrim yoqasidagi oilalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarni o‘zaro murosa va tushunish orqali bartaraf etish, oilada mehr-oqibat va hurmatni saqlash masalalari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, oila muqaddasligi, oilani asrab-avaylash, farzandlar kelajagi uchun ota-onalarning mas’uliyati haqida tushuntirish ishlari olib borilib, oilalarni saqlab qolish va ularda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.