Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 268641
Gallery image 268642
Gallery image 268643
Gallery image 268644
Gallery image 268645
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
16 Okt 2026
11:22

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Sessiya_qarori_ijrosi
19¹-modda
🏗 "Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida


📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo'janazarov tomonidan 12-son umumta’lim maktabida deputatlik nazorati olib borildi.

📍 Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-22-48-8-119-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan, 2026-yil 1-mavsum “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan tashabbuslarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning borishi, sifati hamda belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirilib, mas’ullar bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

✅ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlash hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalarning sifatli amalga oshirilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube