Barcha yangiliklar
🔰Davlat dasturi ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.
Gallery image 268500
Gallery image 268501
Gallery image 268502
Gallery image 268503
Gallery image 268504
Gallery image 268505
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
16 Okt 2026
10:12

🔰Davlat dasturi ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M. Mamatqulov va B. Toshpo‘latovlar “Yuksalish” harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 53-maqsadi, 6-ilovasi 150-bandi ijrosi yuzasidan Jizzax shahrida jamoatchilik monitoringini o‘tkazdilar.

🔸Monitoring davomida mahalliy va ichki yo‘llarni sement-beton qoplama asosida qurish, ularni saqlash tizimini joriy etish, yo‘llarning holati hamda belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.

🔸O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini taʼminlash va aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat.