Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 268406
Gallery image 268407
Gallery image 268408
Gallery image 268409
Gallery image 268410
Gallery image 268411
Gallery image 268412
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
16 Okt 2026
09:56

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Yashil_makon
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
🌱 “Yashil makon” — yashil kelajak sari muhim qadam!


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tashabbusi bilan 35-sonli umumta’lim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🌳 Tadbir davomida maktab hududiga turli manzarali daraxt ko‘chatlari hamda gul ko‘chatlari ekildi. Ushbu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish, maktab hududini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, shuningdek, yosh avlod qalbida tabiatga mehr va ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

🌿 Zero, bugun ekilgan har bir nihol ertangi kunimiz uchun musaffo havo, go‘zal tabiat va sog‘lom muhit demakdir. Yurtimizni yanada yashil va obod maskanga aylantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar barchamizni tabiatga e’tiborli bo‘lishga chorlaydi.

Yashil makon — obod yurt, sog‘lom avlod va farovon kelajak garovi! 🌱

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube