Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
Gallery image 268334
Gallery image 268335
Gallery image 268336
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
16 Okt 2026
09:01

DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Doimiy komissiya kun tartibiga quyidagi masala ko'rib chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘rta Chirchiq tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tumanda davlat organlari va tashkilotlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;

Yig'ilishda doimiy komissiya a'zolar, tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi S.Kadirov, tuman hokimligi ijro intizomi masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi M.Tadjibayeva, Adolat sotsial demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi S.Abushamayevlar ishtirok etdi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!