Barcha yangiliklar
Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda
Gallery image 268309
Gallery image 268310
Gallery image 268311
Gallery image 268312
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
16 Okt 2026
08:45

Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda

Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda

❗️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tumandagi umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 6-Do‘stlik saylov okrugi deputati Y.Musayev tomonidan 42-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabdagi isitish tizimi holati ko‘zdan kechirildi. Muassasada 1 ta qozonxona va 3 ta qozon mavjud bo‘lib, ularning barchasi soz holatda ekani hamda foydalanishda muammolar mavjud emasligi aniqlandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati axborot xizmati!