Barcha yangiliklar
“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi
Gallery image 268250
Gallery image 268251
Gallery image 268252
Gallery image 268253
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
15 Okt 2026
19:19

“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘cha o‘rganishlari olib borilib, hududdagi yangi ta’mirlangan yo‘llarning holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan ko‘chalarning holati, yo‘l qoplamasining sifati va aholining harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, yo‘llarning kundalik foydalanish uchun qulayligi hamda transport vositalari va piyodalar harakati uchun xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mahalla ko‘chalarining obodligi aholi uchun qulay muhit yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolarning kundalik hayotini yengillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining holatini o‘rganish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida yo‘llarning sifatli saqlanishi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi