Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 268118
Gallery image 268119
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
15 Okt 2026
18:17

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri A.Abduraxmanov hamda 31-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov, Xalq deputatlari oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev  “Bo‘ston” mahallasida “ko‘chabay” usulida aholi muammolarini o‘rganishdi.
Muloqot davomida mahalla raisi fuqarolar, xususan, maktab o‘quvchilari hayoti va xavfsizligiga tahdid solayotgan dolzarb muammoni ko‘tardi.
Ma’lum qilinishicha, xalq deputatlari viloyat Kengashining tashabbusi va qat’iy nazorati ostida D-41 “Yangiyer–Bo‘ston” avtomobil yo‘li ta’mirlanib, qayta asfaltlangan. Biroq yo‘l qoplamasining yaxshilanishi ortidan transport vositalari tezligining oshishi xavotirli vaziyatni yuzaga keltirgan. Joriy yil boshidan buyon mazkur yo‘lda ikkita yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Holat deputatlar tomonidan nazoratga olinib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakatini tartibga solish hamda zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish masalalari kun tartibiga qo‘yildi.