Barcha yangiliklar
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
Gallery image 268041
Gallery image 268042
Gallery image 268043
Gallery image 268044
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
14 Okt 2026
00:00

“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov, hamda tuman hokimi X.Isaqov bilan birgalikda “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan “Temirchilik sanoat zonasi”da olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹Bugungi kunda loyiha doirasida hududda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun 70 ta maxsus lot hozirlanmoqda.

Shuningdek hududni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash borasidagi ishlarni bevosita joyida ko‘zdan kechirdi.

Muloqot davomida loyihani o‘z vaqtida va mukammal sifat bilan foydalanishga topshirish, har bir lotning talab darajasida bo‘lishini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Zero, ushbu markaz kelgusida tumandagi yuzlab fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlaydigan maskanga aylanishi kutilmoqda.