Barcha yangiliklar
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 268024
Gallery image 268025
Gallery image 268026
Gallery image 268027
Gallery image 268028
Gallery image 268029
Gallery image 268030
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
13 Okt 2026
00:00

Kutubxona faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “24-Irg‘oli” saylov okrugi deputati Y.Boyigitov hududidagi “Qaxat” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida kutubxonaning kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholining, ayniqsa yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🔹Ma’lum qilinishicha, kutubxona fondida 1418 ta badiiy adabiyot hamda 10286 ta kompleks darslik mavjud bo‘lib, bugungi kunda 670 nafar a’zo kutubxona xizmatlaridan muntazam foydalanib kelmoqda.

🔹O‘rganish yakunida kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlar sonini yanada oshirish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.