Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 268000
Gallery image 268001
Gallery image 268002
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
15 Okt 2026
17:20

SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA

Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi belgilangan masalalar yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari doirasida «Mustaqillikning 35 yilligi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hududdagi ko‘p qavatli uylarga o‘rnatilgan tashvish tugmalarining ishlash holati ko‘zdan kechirildi. Tizimning amaliy faoliyati sinovdan o‘tkazilib, signal berilganida tezkor guruhning hodisa joyiga o‘z vaqtida yetib kelishi jarayoni bevosita kuzatildi.