Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
Gallery image 267999
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
15 Okt 2026
17:19

SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman prokuraturasi tomonidan jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni ko‘rib chiqish belgilangan.

Mazkur masalalar yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari doirasida viloyat Kengashi deputatlari hamda tuman Kengashi deputatlari hamkorligida ishchi guruh tuzilib, dastlab tuman prokuraturasiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida mas’ul idora tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.