Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 267995
Gallery image 267996
Gallery image 267997
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
15 Okt 2026
17:13

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati M.Mirzajonova tomonidan Bunyodkor mahallasida joylashgan Sh.Rashidov nomidagi oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasi yaqinda foydalanishga topshirilgani, binoni isitish uchun bitta qozon mavjudligi hamda ayni vaqtda 5 tonna ko‘mir zaxirasi shakllantirilgani aniqlandi. Mavjud ko‘mir zaxirasi qish mavsumini o‘tkazish uchun yetarli ekani ma’lum qilindi. Shuningdek, muassasada quyosh panellari orqali ishlaydigan bitta chiller qurilmasi o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida ventilyatsiya tizimining tashqi quvurlari tegishli tartibda issiqlikdan himoyalanmagani aniqlandi. Ushbu holat qish mavsumida quvurlar ichidagi suvning muzlashi va buning oqibatida tizim faoliyatida nosozliklar yuzaga kelishi mumkinligi sababli e’tibor talab etadi.

Mazkur kamchilikni bartaraf etish, ventilyatsiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishi uchun deputat tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish va amaliy ishlarni tashkil etish ta’kidlandi.